Bolalar bog‘chasi qonun talablari asosida qurilmoqda

Bolalar bog‘chasi qonun talablari asosida qurilmoqda

Munosabat

Bolalar bog‘chasi qonun talablari asosida qurilmoqda

“Ishonch” gazetasining “ishonch.uz” internet saytida “Tayanchga muhtoj tayanch maktab” sarlavhasi ostida maqola e’lon qilindi.

Maqolada muallif Shahrisabz tumanidagi Hisorak qishlog‘ida 180 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti hududdagi 59-umumiy o‘rta ta’lim maktabi stadioni o‘rnida bunyod etilayotganini, “yozib, maktabga stadion kerak emasmi?”, degan savolni o‘rtaga tashlagan va bu borada mahalliy aholining fikrini bayon qilgan. U mahalla raisi deb keltirgan Ro‘ziqul Rahimov mahalla fuqarolar yig‘ini raisi emasligi oydinlashdi. Shuningdek, 2022 yil may oyida o‘tkazilgan mahalla raisi saylovida “Hisorak” MFYga Sayfullo Norqulov eng ko‘p ovoz to‘plab MFY raisi lavozimiga saylangan.
Qolaversa, maqolada keltirilgan yo‘l, elektr-energiya liniyalari bilan bog‘liq muammolarga respublika byudjetidan 200 milliardga yaqin pul shu yilning o‘zida ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Maktabning stadionida bog‘cha qurilishiga sabab esa “Hisorak” MFY tog‘li hudud bo‘lganligi, bolalar bog‘chasi qurishga tekis va qulay joy mavjud masligi uchun maktabning stadioniga barpo etilishi rejalashtirilgan.
Mazkur maktab 1972 yilda qurilgan. 2006 yilda maktab o‘quvchilari soni oshgani inobatga olinib, qo‘shimcha bino ham barpo etilgan. Bugungi kunda investisiya dasturi mablag‘lari xisobidan qurilayotgan 180 o‘rin bolalar bog‘chasi «Hisorak» MFYda yashovchi ko‘p sonli aholi talablari va murojaatlari asosida qurilishi rejalashtirilib, hozirda bolalar bog‘chasi qurish uchun Xalq ta’limi vaziriligidan tegishli tartib bo‘yicha ruxsat olingan hamda viloyat “Yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi” buyurtmachiligi asosida pudratchi tashkilot tomonidan bolalar bog‘chasi qurilmoqda. Maktab uchun sportzal qurilishi tuman Xalq ta’limi bo‘limining taklifi asosida kelgusida Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.