Tomorqa madaniyatini rivojlantirish yuzasidan seminar o‘tkazildi

Tomorqa madaniyatini rivojlantirish yuzasidan seminar o‘tkazildi

Fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari tuman kengashi va Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorlikda tumanda 2024-yilda «Bir mahalla — bir mahsulot» tamoyili asosida aholi xonadonlaridagi tomorqa yerlarida bahorgi ekinlarni ekish, to‘qsonbosti usulida sabzavot yetishtirish hamda  takroriy ekinlar ekish va ularni parvarishlash, hamda har bir MFY o‘z mahalla drayveridan kelib chiqib, namunali ko‘cha hamda namunali tomarqalarni tashkillashtirish yuzasidan seminar o‘tkazishdi.

Seminarda tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Qurbonova va tuman fermer va dehqon xo‘jaligi va tomarqa yer egalari kengashi raisi S.Safarovlar so‘zga  chiqishdi, seminar ishtirokchilariga tarqatma materiallar berildi.

Seminarda xotin-qizlar faollari va qishloq-xo‘jaligi mutaxassislari ishtirok etdi.