Tuman hokimi aholi tomorqalaridagi holatni o‘rgandi
Tuman hokimi aholi tomorqalaridagi holatni o‘rgandi
Bugun tuman hokimi Samad Hasanov 1-sektor hududidagi «Yangiqishloq» va «Xontepa» mahallalariga tashrif buyurib, aholi tomorqalaridagi holatni ko‘zdan kechirdi.
Tuman hokimi o‘rganishlar davomida tomorqani daromad manbaiga aylantirish, bir yilda uch martagacha hosil olishni yo‘lga qo‘yish, bir qarich joydan ham unumli foydalanish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.
Shuningdek, tuman hokimi tomonidan tomorqasiga ishlov bermagan, ekin ekib, foydalanmay kelayotgan fuqarolarga targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib borish, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ichki xo‘jalik ariqlari va xonadonlar oldiga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish ishlarini jadallashtirish yuzasidan mahalla mas’ullari va mutasaddi tashkilot rahbarlariga ko‘rsatma berildi.