Shahrisabz tumani 2-sektor hudida mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Shahrisabz tumani 2-sektor hudida mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Tuman prokurori Bahodir Xudoyqulov tashabbusi bilan 2-sektor hududidagi otaliqqa olingan yoshlar hamda migratsiyadan qaytgan fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi.
Ushbu yarmarkada 10 ta korxona va tashkilotlar 150 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi.
Ushbu mehnat yarmarkasida 5 nafar fuqarolarga ma’qul boʻlgan korxona va tashkilotlarga doimiy ishga joylashtirish uchun yoʻllanmalar berilgan bo`lsa, 17 nafar yoshlarni kasb-hunarga o`qitish uchun, Koika o`quv markaziga yo`naltirildi.