Qurbon hayiti munosabati bilan bemorlar holidan xabar olindi

Viloyat hokimining Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ziyoda Aminova, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Shahodat Qurbonova Shahrisabz tumanidagi maxsus Ayollar muruvvat uyida bo‘lishdi.

Ular Qurbon hayiti munosabati bilan muassasada davolanayotgan xotin-qizlarga turli bayram sovg‘alarini topshirishdi.

Mutasaddilar, shuningdek, muruvvat uyidagi shart-sharoitlar, bemorlar uchun mavjud imkoniyatlarni ko‘zdan kechirishdi.