Tuman hokimligi ishchi guruhi mahallalar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish ishlarini olib borishmoqda
«Big‘mi» MFY dagi 7-DMTT, «Chorshanbe» MFYdagi 8-DMTTlarida va mahalla idoralarida
Shahrisabz tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining “Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘zbek tili guruhlar qamrovi va ta’lim sifatini o‘rganish hamda natijalari bo‘yicha tahliliy material tayyorlash” to‘g‘risida berilgan topshiriq xati yuzasidan o‘rganishlar qilindi.
Shuningdek, Nuroniylar Kengashi, «Buvijonlar maktabi» tarkibini tuzish va har bir ta’lim muassasaga jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.