Tumanimizning olis Sarchashma qishlog‘i obod go‘shaga aylanadi
Bu haqda viloyat hokimi Murotjon Azimov «Sarchashma» MFYda bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda alohida ta’kidlab o‘tdi.
Unda 534 nafar fuqarolar ishtirok etdi.
Qabulda yo‘l, elektr tarmoqlarini yaxshilash, ichimlik suvini tizimli qilib yo‘lga qo‘yish, hududdagi qishloq uchastka shifoxonasiga yangi tez tibbiy yordam mashinasi berish, shuningdek, hududni obodonlashtirish va yoshlarni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga o‘rgatish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.