«JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT»
Joriy yilning 5-6 iyul kunlari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Shahrisabz tuman bo‘linmasi hamda Qashqadaryo viloyat IIB boshqarmasi terrorizm boʻlimi boshligʻi Firdavs Muhammadiyev tomonidan ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq holatlarni oldini olish maqsadida Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi va «Oʻz Milliy bank» Shahrisabz tuman filialda «JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT» mavzusida targ’ibot tadbiri o‘tkazildi.
❇️Tadbirda sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit barpo etish, bugungi axborot xurujlari va ularga qarshi immunitet shakllantirish hamda globallashuv davriga xos muammo va ko‘zga ko‘rinmas mafkuraviy tahdidlar, ularning ayanchli oqibatlari xususida so‘z yuritildi.
Shuningdek, tadbirda erta turmushning salbiy oqibatlari, xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlardan unumli foydalanish, xotin-qizlarga nisbatan qilinadigan huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish haqida fikr bildirdilar.