Kiberjinoyat kushandasiga aylanib qolmang
Shahrisabz tuman hokimligi majlislar zalida «Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi» doirasida targ‘ibot-tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, XXI asr — axborot asri sifatida e’tirof etiladi. Darhaqiqat, hozirgi vaqtga kelib jahon internet tarmog‘i tezkor rivojlanmoqda. Bu esa qator yangi jinoyat turlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Ana shanday jinoyat turlaridan biri kiberjinoyatdir. Afsuski, qiziqtiruvchi feyk xabarlar, smslar, pulli yutuqlar, yolg‘on aksiyalar e’lonlarini berib borish orqali odamlarni ishontirish, ular bilan kod almashish yoki plastik karta raqamini bilib olish yo‘li bilan mablag‘larni noqonuniy o‘zlashtirish holatlari tez-tez uchramoqda.
Tadbirda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Alisher Jo‘rayev ishtirokchilarga oylik doirasida kiberjinoyatning ayanchli tomonlari haqida tushuncha berib o‘tdi.