Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari, yer qazish texnikasi egalari va yerdan foydalanuvchilar diqqatiga!
Aholiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan yer osti magistral aloqa kabellari davlat muhofazasiga olingan. Ularning har ikki tomondan 2 metr qismi himoya hududi hisoblanadi. Mazkur hududlarda ruxsatsiz barcha turdagi yer qazish-ko‘mish va turli shakldagi qurilish ishlarini amalga oshirish taqiqlanadi!
🗣 Agar aloqa kabeli o‘tgan hududlarda yer qazish va qurilish ishlarini amalga oshirish zaruriyati tug‘ilsa, «O‘zbektelekom» AKning joylardagi xodimlariga yoki 📞 1133 qisqa raqamiga murojaat qilish tavsiya etiladi.