Tumanimizda polietilen xaltachalar ishlab chiqarilmoqda

Tumanimizda tashkil etilgan “Loliston” kichik sanoat zonasida “Plastik Univers” MChJ tomonidan qiymati 1 milliard 300 million so‘m bo‘lgan polietilen xaltachalar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi.

–  Sellofan xaltachalardan foydalanish odatga aylanib ulgurdi, – deydi
tadbirkor Sherzod Tursunov. – Tabiiyki, ushbu mahsulotga talab ham katta. Biz tadbirkorlik qilish istagida doimiy xaridorgir bo‘lgan sellofan paketlarni ishlab chiqarishni reja qilgan edik. Ammo korxona barpo etish uchun yer, kommunikatsiya bilan bog‘liq masalalar muammo edi. “Loliston” kichik sanoat zonasi tashkil etilayotganini eshitib, shu yerdan yer oldik. Ishlab chiqarish uchun bu yerda barcha qulayliklar mavjud. Muhimi daromadni oshirish va tarmog‘imizni kengaytirish rejamiz bor.

Ayni paytda korxonada 8 nafar ishchi faoliyat yuritmoqda.