Xitoyliklar bilan tumanimiz o‘rtasida yangi hamkorlik loyihalari muhokama qilindi

Tuman hokimi Samad Hasanov O‘zbekiston Respublikasining Guanchjou shahridagi Bosh Konsulxonasi Bosh Konsuli Otabek Valiyev bilan Xitoyning janubiy provinsiyalari o‘rtasida hududlararo hamkorlikni kengaytirish maqsadida onlayn muloqot o‘tkazdi.

Unda tekstil va mevasabzavotni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish borasida hamkorlik qilish maqsadida Guanchjou va Donguan shahri tadbirkorlarining tumanga tashrifini uyushtirish, shuningdek, tog‘-kon sanoatida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tumanga xitoylik turistlar va turizm sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan investorlarni jalb qilish borasida ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan Shahrisabz tumani hokimligi tomonidan sifatli investitsion takliflarni tayyorlash va qisqa muddatlarda Bosh Konsulxonaga taqdim etilishi kelishib olindi.