Hokim va tadbirkorlar uchrashuvi bo‘ldi
Bugun tuman hokimi Samad Hasanov “Chorshanbe” oziq-ovqat dehqon bozorida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tadbirkorlar elektr energiyasida uzilishlar kuzatilayotganligi, avtomobillarning tartibsiz harakati noqulaylik tug‘dirayotgani, shartnoma asosida ichimlik suvi bilan ta’minlab berish kabi masalalarda murojaatlar yo‘lladi.
Murojaatlarga belgilangan vaqtlarda ijobiy yechim topish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, tuman hokimi bozorning tozaligiga e’tibor qaratish, hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish yuzasidan ham tadbirkorlarga o‘z taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.