Shahrisabz tumani hokimi xitoylik investorlar bilan uchrashdi

Joriy yil may oyida Shahrisabz tuman hokimi Samad Hasanov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, yirik kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan edi.

O‘shanda Xitoyning tog‘-kon sanoatida yuksak tajribaga ega bo‘lgan «Guangzhou Xilian Mineral Products» Co. Ltd kompaniyasi bilan tog‘-kon sanoatini rivojlantirish sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha qiymati 30 million dollarlik loyiha yuzasidan «Hamkorlik bitimi» imzolangan edi.

Bugun o‘zaro hamkorlik munosabatlarini davom ettirish va tog‘-kon sanoatida investitsiya kiritish maqsadida Xitoyning ushbu kompaniyasi delegatsiyasi tumanimizga tashrif buyurdi.
Ikki tomonlama muloqot chog‘ida xitoylik investor Qashqadaryo viloyatidagi ruda mahsulotlari geologiyasiga qiziqish bildirdi. U ushbu konlarni o‘zlashtirish loyihalarini bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Investorga viloyatdagi geologik o‘rganish va konlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.