Ommag’on mahalla Turon ko’chasidagi yo’llar haqida

Telegramdagi «Keshnews» kanalida «Ommag’on mahalla Turon ko’chasi» sarlavhali xabar e`lon qilindi.

Unda yo’llarning ta’mirtalab ahvolga kelgani haqida gap borgan. O`zingizga ma’lum, qish yakunlab, ko`klam bahor fasli kirib keldi. Shunga qaramay, qorli yog`ingarchiliklar haligacha to’xtagani yo’q. Bu esa yo`llarning ta’mirga ehtiyojini oshirishi tabiiy holat. Hozirda tumanimizning bir qator yo’llarida ta’mirlash va sozlash ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Ommag`on mahalasining ichki yo`llarini ham ta`mirlash ishlari ham yo`lga qo`yilmoqda. Shu maqsadda Shahrisabz tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari Ommag’on mahallasiga borib o`rganish ishlarini olib bordi. Shuningdek, mahalla aholisiga ichki yo’llarni dastur asosida ta’mirlash choralari ko`rilishi haqida ma’lum qilishdi.