MUNOSABAT

Mahalliy Kengash faoliyati kengaymoqda

Bugun Prezidentimiz tomonidan imzolangan «O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi» haqida xabarni katta mamnuniyat bilan qarshi oldik.

Bu hujjat – xalq vakilligi va mahalliy boshqaruv organlarining real vakolat va mas’uliyatini kuchaytirish sari qo‘yilgan muhim qadam.

Endilikda biz, tuman Kengashi deputatlari:

✅ Mahalliy budjet shakllanishida bevosita va faol ishtirok etamiz.

✅ Hududimizdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari ajratilishi va ular uchun aniq rejalashtirish olib borilishi ustidan nazoratni kuchaytiramiz.

✅ Davlat ko‘chmas mulkidan foydalanish, dafn etish xizmatlari va yo‘l harakati xavfsizligi kabi masalalarda xalqimizning ehtiyoj va fikrlarini inobatga olib qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

✅ Eng muhimi – xalq deputatlarining tashabbuslari asosida aniq va amaliy ishlarni amalga oshirish uchun huquqiy asoslar yaratildi.

Yangi qarorlar natijasida yoshlar va fuqarolik jamiyati vakillari bilan bevosita muloqot kuchayadi, ular bizning faoliyatimizda yanada faol ishtirok etadi. Bu esa xalq bilan yaqinlikni, ochiqlikni va hisobdorlikni ta’minlash uchun muhim vosita bo‘ladi.

Biz deputatlar sifatida hududimiz taraqqiyoti va fuqarolarimiz manfaatlari yo‘lida faol va mas’uliyatli ishlashga va’da beramiz.

Charos Rajabova

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati