Xalqobodlik yoshlarning «Oqsaroy» tekstil korxonasida bo‘lishdi

Xalqobodlik yoshlarning «Oqsaroy» tekstil korxonasida bo‘lishdi

Viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari Farrux Tairov Shahrisabz tumanida huquq-tartibot va mudofaa organlari tomonidan 2024-yilda yoshlarni otaliqqa olish va ular bilan manzilli ishlash tizimini tashkil etish doirasida tumanimizning  3-sektor hududidagi «Xalqobod» mahallasidagi otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashdi.

Mahalladagi bir guruh ishsiz yoshlar «Oqsaroy» tekstil korxonasiga taklif etildi.

U yerda yoshlar korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari, ish ko‘lami hamda bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishdi.

Shuningdek, yoshlarga korxona mas’ullari tomonidan oylik maoshi, ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida ham tushunchalar berildi.