«Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi yordamga shay

Durdona Mustafoqulova 2013-yilda tug’ilgan. «Oqdaryo» MFYda istiqomat qiladi. Bolalikdan nogironligi bo’lib, onasi uchun uni parvarish qilish va ochiq havoga, insonlar orasiga olib kirishi qiyinlik qilayotgandi. Mahallada kompleks ijtimoiy xizmatlar ko’rsatuvchi xodim tomonidan o’rganish natijasida Durdonaning nogironlik aravachasiga muhtojligi aniqlanib, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ushbu vosita bilan ta’minlandi.

— Ijtimoiy himoya agentligi tashkil etilganligini amalda his qildik, ancha yillardan buyon farzandimning holidan hech kim xabar olmas edi. Mahallamizdagi ijtimoiy xodim kelib, yashash sharoitlarimizni va farzandimning ahvolini o’rganib, tez fursatda nogironlik aravachasi bilan ta’minlashadi. Prezidentimizga shunday tizimni yo‘lga qo‘yganlari uchun minnatdorlikbildiraman, — deydi Durdonaning onasi Nargiza Abdirayimova.