Shahrisabzda «Maʼnaviyat festivali» ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
Shahrisabz tumanidagi mahallalarda “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat festivali” doirasida turli ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari va konsert dasturlari tashkil etildi.
Tumandagi Miraki sanatoriyasida tashkil etilgan tadbir avvalida Shahrisabz tumani hokimi Samad Xasanov so‘zga chiqib, tumanda bu kabi tadbirlar doimiy ravishda o‘tkazilib borilishi va aholi kayfiyatini ko‘tarishda taniqli san’atkorlarning o‘rni katta ekanligini ta’kidladi.
Poytaxtdan tashrif buyurgan “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari shoir Bobur Bobomurod, aktyor Hamid Toshpo‘latov, xonandalar Saidakbar Xolmatov, Baxrom Usmonov va Sardor Bekmurodovlar ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashishdi.