Shahrisabz tumanida 2024-2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik hamda «Yagona maktab formasi»ni joriy etish yuzasidan seminar tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarni zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 666-sonli qarori, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 282-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Shahrisabz tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 84 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchilar uchun yagona maktab formasi joriy qilish yuzasidan maktab direktorlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.