Shahrisabz tumani hokimligining rasmiy munosabati
Hurmatli fuqarolar va ommaviy axborot vositalari vakillari! So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida fuqarolarning uy-joylari va yer maydonlari bilan bog‘liq holatlar haqida xabarlar tarqalmoqda. Jumladan, bloger Olimjon To‘xtanazarov tomonidan e’lon qilingan “Qashqadaryoda nimalarni ko‘rdim” hamda “Qashqadaryodan murojaatlarni o‘rganish natijasida jonli efir…” nomli videomateriallarda ayrim fuqarolarning uy-joylari va yer maydonlari majburan olib qo‘yilayotgani haqida aytib o‘tilgan. Ushbu holat yuzasidan hozirda Shahrisabz tumani hokimligi tomonidan tegishli ishchi guruh tashkil etildi. Mazkur ishchi guruh mas’ul ido... »