Yangiliklar

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Assalomu alaykum, do‘stlar! Qadrli jurnalist va blogerlar! Barchangizga ma’lumki, mamlakatimizda 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana bilan barchangizni samimiy muborakbod etaman. Darhaqiqat, ommaviy axborot  vositalarisiz hayotimizni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Yurtimizda demokratik jarayonlarni jadallashtirish, fuqarolik jamiyatini qaror toptirish, sog‘lom jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishda siz, jurnalist va blogerlarning o‘rningiz beqiyos. Shu o‘rinda bir fikrni ta’kidlashni istardim. Har qanday rivojlanish yo‘lida dadil odimlayotgan davlat borki, so‘z erkinligisiz, inson huquq va manfaatlarisiz, ochiqlik va oshkoraliksi... »

Maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar topshirildi

Bugun Shahrisabz tumanidagi maktablarda taxsil olgan, o‘qishdagi faolligi va namunali xulqi uchun tengqurlariga o‘rnak bo‘lgan 23 nafar bitiruvchilarga oltin, 9 nafar bitiruvchilarga esa kumush medallar topshirildi. Tadbirda tuman hokimi Samad Hasanov ishtirok etib, iqtidorli yoshlarni ushbu muvaffaqiyati uchun tabrikladi. Ularga nufuzli oliy o‘quv yurtlariga o‘qib, xalqimizning farovonligi, vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida fidoyilarcha mehnat qilishini tilagan tuman hokimi o‘z so‘zida Prezidentimiz tomonidan yosh avlodning ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan yuksak e’tiborini e’tirof etdi. »

Shahrisabz tuman hokimi migratsiyadagi yoshlar bilan onlayn muloqot qildi

Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanov o‘qish va boshqa maqsadlarda xorijga ketgan 200 nafar yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida mehnat migratsiyasi sohasida olib borilayotgan ishlar, migrant ishchilarni chet elga ketishidan oldin kasb bo‘yicha tayyorlash, ularning yashash va ishlash sharoitlarini yaxshilash, xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni tamomlayotgan yoshlarni mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirish kabi mavzularda muammo va takliflar tinglandi. Tuman hokimi yoshlar bilan muloqoti davomida ularning muammolarini hal etishga ko‘maklashish, taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mutassaddilarga... »

Tuman hokimligi ishchi guruhi mahallalar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish ishlarini olib borishmoqda

«Big‘mi» MFY dagi 7-DMTT, «Chorshanbe» MFYdagi 8-DMTTlarida va mahalla idoralarida Shahrisabz tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining “Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘zbek tili guruhlar qamrovi va ta’lim sifatini o‘rganish hamda natijalari bo‘yicha tahliliy material tayyorlash” to‘g‘risida berilgan topshiriq xati yuzasidan o‘rganishlar qilindi. Shuningdek, Nuroniylar Kengashi, «Buvijonlar maktabi» tarkibini tuzish va har bir ta’lim muassasaga jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. »

«Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi yordamga shay

Durdona Mustafoqulova 2013-yilda tug’ilgan. «Oqdaryo» MFYda istiqomat qiladi. Bolalikdan nogironligi bo’lib, onasi uchun uni parvarish qilish va ochiq havoga, insonlar orasiga olib kirishi qiyinlik qilayotgandi. Mahallada kompleks ijtimoiy xizmatlar ko’rsatuvchi xodim tomonidan o’rganish natijasida Durdonaning nogironlik aravachasiga muhtojligi aniqlanib, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ushbu vosita bilan ta’minlandi. — Ijtimoiy himoya agentligi tashkil etilganligini amalda his qildik, ancha yillardan buyon farzandimning holidan hech kim xabar olmas edi. Mahallamizdagi ijtimoiy xodim kelib, yashash sharoitlarimizni va farza... »