Yangiliklar

«Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi yordamga shay

Durdona Mustafoqulova 2013-yilda tug’ilgan. «Oqdaryo» MFYda istiqomat qiladi. Bolalikdan nogironligi bo’lib, onasi uchun uni parvarish qilish va ochiq havoga, insonlar orasiga olib kirishi qiyinlik qilayotgandi. Mahallada kompleks ijtimoiy xizmatlar ko’rsatuvchi xodim tomonidan o’rganish natijasida Durdonaning nogironlik aravachasiga muhtojligi aniqlanib, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ushbu vosita bilan ta’minlandi. — Ijtimoiy himoya agentligi tashkil etilganligini amalda his qildik, ancha yillardan buyon farzandimning holidan hech kim xabar olmas edi. Mahallamizdagi ijtimoiy xodim kelib, yashash sharoitlarimizni va farza... »

G‘elondan o‘tuvchi Oqsuv daryosida quvvati 24 megavattli 3 ta GESning qurilish ishlari davom etmoqda

G‘elondan o‘tuvchi Oqsuv daryosida quvvati 24 megavattli 3 ta GESning qurilish ishlari davom etmoqda »

Qurbon hayiti munosabati bilan bemorlar holidan xabar olindi

Viloyat hokimining Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ziyoda Aminova, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Shahodat Qurbonova Shahrisabz tumanidagi maxsus Ayollar muruvvat uyida bo‘lishdi. Ular Qurbon hayiti munosabati bilan muassasada davolanayotgan xotin-qizlarga turli bayram sovg‘alarini topshirishdi. Mutasaddilar, shuningdek, muruvvat uyidagi shart-sharoitlar, bemorlar uchun mavjud imkoniyatlarni ko‘zdan kechirishdi. »

Shahrisabz tumanidagi masjidlarda Qurbon hayiti namozi ado etildi

Shahrisabz tumanidagi masjidlarda Qurbon hayiti namozi ado etildi Bugun butun musulmon olamining qutlug‘ ayyomlaridan biri bo‘lgan Qurbon hayiti munosabati bilan Shahrisabz tumanidagi mavjud jome’ masjidlarida yuz minglab tumandoshlarimiz tomonidan hayit namozlari muvaffaqiyatli ado etildi. Jamoat qo‘llari duoga ochilib, yurtimiz tinchligi va barqarorligi, oilalar xotirjamligi hamda farovonligini so‘rab ezgu niyatlar bildirildi. Yakunda barcha insonlar bir-birlarini hayit ayyomi bilan qizg‘in muborakbod etishib, bayram kayfiyati ulashishdi. »

Tog‘ oralab ravon yo‘llar barpo etilmoqda

Tog‘ oralab ravon yo‘llar barpo etilmoqda Darhaqiqat, sifatsiz yo‘lda yo‘lovchilar mashaqqat chekib yuradi. Shahrisabz tumanining tog‘li yo‘llari ham tosh-tuproq yo‘llardan iborat edi. Bu esa tog‘liklarda qishda, yog‘ingarchilik oylarida noqulaylik tug‘dirar, yozda ko‘tarilgan changdan atrofni ko‘rish mushkul edi. Mamlakatimiz Prezidentining Shahrisabz tumaniga, xususan, olis tog‘li qishloqlarga qaratgan e’tibori natijasida hududda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, shu orqali qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, eng avvalo inson qadrini ulug‘lashdek ezgu ishlar boshlab yuborildi. Xisorak-G‘elon, Xisorak-Sarchashma yo‘llarida asfalt qoplamalari yotqizilib, tog‘lik aholiga cheksiz g‘... »