Yangiliklar

Kiberjinoyat kushandasiga aylanib qolmang

Shahrisabz tuman hokimligi majlislar zalida «Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi» doirasida targ‘ibot-tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ma’lumki, XXI asr — axborot asri sifatida e’tirof etiladi. Darhaqiqat, hozirgi vaqtga kelib jahon internet tarmog‘i tezkor rivojlanmoqda. Bu esa qator yangi jinoyat turlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Ana shanday jinoyat turlaridan biri kiberjinoyatdir. Afsuski, qiziqtiruvchi feyk xabarlar, smslar, pulli yutuqlar, yolg‘on aksiyalar e’lonlarini berib borish orqali odamlarni ishontirish, ular bilan kod almashish yoki plastik karta raqamini bilib olish yo‘li bilan mablag‘larni noqonuniy o‘zlashtirish holatlari tez-tez uch... »

«JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT»

Joriy yilning 5-6 iyul kunlari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Shahrisabz tuman bo‘linmasi hamda Qashqadaryo viloyat IIB boshqarmasi terrorizm boʻlimi boshligʻi Firdavs Muhammadiyev tomonidan ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq holatlarni oldini olish maqsadida Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi va «Oʻz Milliy bank» Shahrisabz tuman filialda «JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT» mavzusida targ’ibot tadbiri o‘tkazildi. ❇️Tadbirda sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit barpo etish, bugungi axborot xurujlari va ularga qarshi immunitet shakllantirish hamda globallashuv davriga xos muammo ... »

Shahrisabz tuman hokimining qarori bilan Sunnatullo Berdiyev Shahrisabz tumani hokimligi ijro intizomi nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.

S.Berdiyev Toshkent arxitektura va qurilish universitetini 2006-yilda tamomlagan. Bir nechta davlat muassasalarida faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullangan »

«Sarchashma» mahallasidagi 2021-yilda foydalanishga topshirilgan 17-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti

Viloyat hokimi Murotjon Azimov Shahrisabz tumanidagi «Sarchashma» mahallasidagi 2021-yilda foydalanishga topshirilgan 17-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi. Shuningdek, viloyat hokimi Sarchashmadagi Qishloq uchastka shifoxonasidagi shart-sharoitlar bilan tanishdi. »

Tumanimizning olis Sarchashma qishlog‘i obod go‘shaga aylanadi

Bu haqda viloyat hokimi Murotjon Azimov «Sarchashma» MFYda bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda alohida ta’kidlab o‘tdi. Unda 534 nafar fuqarolar ishtirok etdi. Qabulda yo‘l, elektr tarmoqlarini yaxshilash, ichimlik suvini tizimli qilib yo‘lga qo‘yish, hududdagi qishloq uchastka shifoxonasiga yangi tez tibbiy yordam mashinasi berish, shuningdek, hududni obodonlashtirish va yoshlarni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga o‘rgatish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. »