Yangiliklar

Tuman hokimi aholi tomorqalaridagi holatni o‘rgandi

Tuman hokimi aholi tomorqalaridagi holatni o‘rgandi Bugun tuman hokimi Samad Hasanov 1-sektor hududidagi «Yangiqishloq» va «Xontepa» mahallalariga tashrif buyurib, aholi tomorqalaridagi holatni ko‘zdan kechirdi.  Tuman hokimi o‘rganishlar davomida tomorqani daromad manbaiga aylantirish, bir yilda uch martagacha hosil olishni yo‘lga qo‘yish, bir qarich joydan ham unumli foydalanish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.  Shuningdek, tuman hokimi tomonidan tomorqasiga ishlov bermagan, ekin ekib, foydalanmay kelayotgan fuqarolarga targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib borish, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ichki xo‘jalik ariqlari va xonadonlar oldig... »

Shahrisabz tuman hokimi Samad Hasanovning tumanimiz xotin-qizlariga bayram tabrigi

Shahrisabz tuman hokimi Samad Hasanovning tumanimiz xotin-qizlariga bayram tabrigi  Assalomu alaykum, aziz ayollar! Muhtarama onaxonlar, lobar opa-singillar!    Avvalo, Siz azizlarni, sizlarning timsolingizda Shahrisabz tumanidagi barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni ezgulik va go‘zallik bayrami  8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman! Barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman. Bu dunyoda shirin va ahil, baxtli hayot uchun poydevor yaratib, insonni inson, oilani mustahkam oila qiladigan, biz uchun muhabbat, vafo va sadoqat timsoli bo‘lib kelayotgan Siz, go‘zal va betakror, qadrdon ayollarimiz haqida ko‘plab ta’r... »

Xalqobodlik yoshlarning «Oqsaroy» tekstil korxonasida bo‘lishdi

Xalqobodlik yoshlarning «Oqsaroy» tekstil korxonasida bo‘lishdi Viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari Farrux Tairov Shahrisabz tumanida huquq-tartibot va mudofaa organlari tomonidan 2024-yilda yoshlarni otaliqqa olish va ular bilan manzilli ishlash tizimini tashkil etish doirasida tumanimizning  3-sektor hududidagi «Xalqobod» mahallasidagi otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashdi. Mahalladagi bir guruh ishsiz yoshlar «Oqsaroy» tekstil korxonasiga taklif etildi. U yerda yoshlar korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari, ish ko‘lami hamda bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishdi. Shuningdek, yoshlarga korxona mas’ullari tomonidan oylik maoshi, ishchilar... »

«Yangiqishloq» MFY hokim yordamchisi mahalla ahliga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi

«Yangiqishloq» MFY hokim yordamchisi mahalla ahliga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi  Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Shahrisabz tuman «Yangiqishloq» mahallasi hokim yordamchisi S.Ahmatov tomonidan 2023-yilda amalga oshirgan ishlari va 2024-yilda bajarishi lozim bo‘lgan ishlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. »

Tomorqa madaniyatini rivojlantirish yuzasidan seminar o‘tkazildi

Tomorqa madaniyatini rivojlantirish yuzasidan seminar o‘tkazildi Fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari tuman kengashi va Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorlikda tumanda 2024-yilda «Bir mahalla — bir mahsulot» tamoyili asosida aholi xonadonlaridagi tomorqa yerlarida bahorgi ekinlarni ekish, to‘qsonbosti usulida sabzavot yetishtirish hamda  takroriy ekinlar ekish va ularni parvarishlash, hamda har bir MFY o‘z mahalla drayveridan kelib chiqib, namunali ko‘cha hamda namunali tomarqalarni tashkillashtirish yuzasidan seminar o‘tkazishdi. Seminarda tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Qurbonova va tuman fermer va dehqon xo‘jaligi va tomarqa ... »