Iste’mol yog‘i arzonlashtirilgan narxlarda sotilmoqda

 

Iste’mol yog‘i arzonlashtirilgan narxlarda sotilmoqda

Tuman hokimining tashabbusi bilan «Chorshanbe oziq-ovqat dehqon bozori»da bozorga kiraverishdagi o‘ng qo‘ldagi birinchi do‘konda arzonlashtirilgan iste’mol yog‘lari sotilmoqda. 

Xususan, 1 litr paxta yog‘i 12 000 so‘m, 1 litr kungaboqar yog‘i 14500 so‘mdan sotuvi yo‘lga qo‘yilgan.

Bugun tuman hokimi Samad Hasanov tuman prokurori Jasur Tursunov bilan birga «Chorshanbe oziq-ovqat dehqon bozori»da bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosini o‘rgandi.

Zaruriy iste’mol tovarlari bo‘lmish un, non, yog‘, guruch, kartoshka kabi mahsulotlarning narxi asossiz oshirilmasligini nazorat qilish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatma berdi.

Shuningdek, tuman hokimi bozorda savdo madaniyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, rastalardan oqilona foydalanish, yo‘laklarda savdo qilmaslik yuzasidan o‘z takliflarini berib o‘tdi.