Tanlov
#Tanlov
«Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab» tanlovining tuman bosqichi boshlandi
Bugun Shahrisabz tumanidagi 33-sonli umumta’lim maktabida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun «Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab» tanlovining tuman bosqichi boshlandi.
O’zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yuborilgan test materiallari o’quvchilar ishtirokida ochildi va o’quvchilarga tarqatildi.
Tanlovda tumandagi 49 ta umumta’lim maktablaridan 245 nafar o’quvchilar ishtirok etmoqda.