Shahrisabz tumanidagi masjidlarda Qurbon hayiti namozi ado etildi

Shahrisabz tumanidagi masjidlarda Qurbon hayiti namozi ado etildi

Bugun butun musulmon olamining qutlug‘ ayyomlaridan biri bo‘lgan Qurbon hayiti munosabati bilan Shahrisabz tumanidagi mavjud jome’ masjidlarida yuz minglab tumandoshlarimiz tomonidan hayit namozlari muvaffaqiyatli ado etildi.

Jamoat qo‘llari duoga ochilib, yurtimiz tinchligi va barqarorligi, oilalar xotirjamligi hamda farovonligini so‘rab ezgu niyatlar bildirildi. Yakunda barcha insonlar bir-birlarini hayit ayyomi bilan qizg‘in muborakbod etishib, bayram kayfiyati ulashishdi.