Shahrisabz tuman hokimi migratsiyadagi yoshlar bilan onlayn muloqot qildi

Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanov o‘qish va boshqa maqsadlarda xorijga ketgan 200 nafar yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida mehnat migratsiyasi sohasida olib borilayotgan ishlar, migrant ishchilarni chet elga ketishidan oldin kasb bo‘yicha tayyorlash, ularning yashash va ishlash sharoitlarini yaxshilash, xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni tamomlayotgan yoshlarni mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirish kabi mavzularda muammo va takliflar tinglandi.

Tuman hokimi yoshlar bilan muloqoti davomida ularning muammolarini hal etishga ko‘maklashish, taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mutassaddilarga o‘z ko‘rsatmalarini berdi.