IJODIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI
✅Mamlakatimiz bo‘ylab “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat festivali” doirasida uchrashuvlar davom etmoqda.
Tuman hokimligi, RMMM tuman bo‘linmasi, tuman AKM hamkorligida tuman hokimligida yozuvchi va jurnalist Sofiya Uzoqovaning “Osmonimda balqqan oy” kitobining taqdimoti o‘tkazildi.
Shahrisabz tuman hokimi, tuman Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi raisi S.Hasanovning tashabbusi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda vohamiz ijodkorlari, ijodkor yoshlar hamda faol kitobxonlar ishtirok etdi.
❇️Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan bir qator taniqli ijodkorlar adib haqida iliq soʻzlar aytishdi va tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.