Shahrisabz tumani hokimligining rasmiy munosabati
Hurmatli fuqarolar va ommaviy axborot vositalari vakillari!
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida fuqarolarning uy-joylari va yer maydonlari bilan bog‘liq holatlar haqida xabarlar tarqalmoqda. Jumladan, bloger Olimjon To‘xtanazarov tomonidan e’lon qilingan “Qashqadaryoda nimalarni ko‘rdim” hamda “Qashqadaryodan murojaatlarni o‘rganish natijasida jonli efir…” nomli videomateriallarda ayrim fuqarolarning uy-joylari va yer maydonlari majburan olib qo‘yilayotgani haqida aytib o‘tilgan.
Ushbu holat yuzasidan hozirda Shahrisabz tumani hokimligi tomonidan tegishli ishchi guruh tashkil etildi. Mazkur ishchi guruh mas’ul idora va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda vaziyatni batafsil o‘rganmoqda. Hozirda ish jarayoni davom etayotgani sababli, rasmiy xulosalarni e’lon qilish uchun vaqt talab etiladi.
Shu munosabat bilan, hozircha tarqatilayotgan ma’lumotlar bo‘yicha yakuniy qaror va rasmiy bayonotlar berilishidan avval, barcha fuqarolarni faqatgina ishonchli va rasmiy manbalarga tayanib, to‘g‘ri xulosa qilishga chorlaymiz.
Shuningdek, mazkur holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar olingach, qonunchilik asosida zarur choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.
Shahrisabz tumani hokimligi axborot xizmati