Maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar topshirildi
Bugun Shahrisabz tumanidagi maktablarda taxsil olgan, o‘qishdagi faolligi va namunali xulqi uchun tengqurlariga o‘rnak bo‘lgan 23 nafar bitiruvchilarga oltin, 9 nafar bitiruvchilarga esa kumush medallar topshirildi.
Tadbirda tuman hokimi Samad Hasanov ishtirok etib, iqtidorli yoshlarni ushbu muvaffaqiyati uchun tabrikladi. Ularga nufuzli oliy o‘quv yurtlariga o‘qib, xalqimizning farovonligi, vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida fidoyilarcha mehnat qilishini tilagan tuman hokimi o‘z so‘zida Prezidentimiz tomonidan yosh avlodning ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan yuksak e’tiborini e’tirof etdi.