Shahrisabzda pillachilik: an’anaviy hunar, zamonaviy yondashuv
Qashqadaryo viloyatining qadimiy va mo‘tabar maskani – Shahrisabz tumani nafaqat tarixiy obidalari, balki mehnatsevar aholisi, serhosil yer-suvlari bilan ham dong taratgan. Ayniqsa, bu yerda pillachilik – qadimdan davom etib kelayotgan kasb-hunar sifatida alohida o‘rin egallaydi. Bugun bu soha nafaqat tirikchilik manbai, balki mahalliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biriga aylangan. Har yili bahor fasli kirib kelishi bilan tuman pillakorlarida qizg‘in tayyorgarlik ishlari boshlanadi. Har bir xonadon, har bir mahalla pillaning xaridori, uni boqishning sir-asrorini biladi. Bo‘rijar, Qorashina, Oqtepa kabi qishloqlarda deyarli har bir oilada ipak qurti boqiladi. Bu esa nafaqat ko‘p yillik ... »