Yangiliklar

Hokim va tadbirkorlar uchrashuvi bo‘ldi

Bugun tuman hokimi Samad Hasanov “Chorshanbe” oziq-ovqat dehqon bozorida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda tadbirkorlar elektr energiyasida uzilishlar kuzatilayotganligi, avtomobillarning tartibsiz harakati noqulaylik tug‘dirayotgani, shartnoma asosida ichimlik suvi bilan ta’minlab berish kabi masalalarda murojaatlar yo‘lladi. Murojaatlarga belgilangan vaqtlarda ijobiy yechim topish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, tuman hokimi bozorning tozaligiga e’tibor qaratish, hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish yuzasidan ham tadbirkorlarga o‘z taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi. »

Xitoyliklar bilan tumanimiz o‘rtasida yangi hamkorlik loyihalari muhokama qilindi

Tuman hokimi Samad Hasanov O‘zbekiston Respublikasining Guanchjou shahridagi Bosh Konsulxonasi Bosh Konsuli Otabek Valiyev bilan Xitoyning janubiy provinsiyalari o‘rtasida hududlararo hamkorlikni kengaytirish maqsadida onlayn muloqot o‘tkazdi. Unda tekstil va mevasabzavotni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish borasida hamkorlik qilish maqsadida Guanchjou va Donguan shahri tadbirkorlarining tumanga tashrifini uyushtirish, shuningdek, tog‘-kon sanoatida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tumanga xitoylik turistlar va turizm sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan investorlarni jalb qilish borasida ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Muhokama qilingan... »

Шаҳрисабз туманида Яшил энергия ишлаб чиқариш бўйича хитойлик тадбиркорлар билан музокара ўтказилди

Шаҳрисабз туманида Яшил энергия ишлаб чиқариш бўйича хитойлик тадбиркорлар билан музокара ўтказилди Бугун Хитой Халқ Республикасининг фаол тадбиркорларидан иборат делегация Қашқадарё вилоятига ташриф буюрди. Ташриф доирасида 2 томондама B2B учрашувлари ўтказилди. Мазкур учрашувда Шаҳрисабз тумани ҳокими Самад Ҳасанов ва Хитойнинг йирик компанияларидан бири ҳисобланган “Power China HEBEI elektrik” co.ltd компаниясининг Марказий Осиё бўйича бош директори Ҳу Хиаоян ўртасида туманда яшил энергия ишлаб чиқариш лойиҳасини амалга ошириш юзасидан ишчи гуруҳи тузиш ва келгусида ҳамкорлик қилиш бўйича музокаралар ўтказилиб, англашинув меморандуми имзоланди. »

«Toshbuloq» MFYdan o‘tgan avtomobil yo‘li joriy ta’mirlandi

«Toshbuloq» MFYdan o‘tgan avtomobil yo‘li joriy ta’mirlandi 4K284 Chorshanbe-Kamar-Ommag‘on avtomobil yo‘lining 20-23 kilometr oralig‘ida shaxmatsimon usulda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. 800 million so‘m mablag‘ ajratilgan ushbu qurilish-ta’mirlash ishlari natijasida bir yarim kilometr yo‘lga asfalt qoplamasi yotqizildi. »

Tumanimizda polietilen xaltachalar ishlab chiqarilmoqda

Tumanimizda tashkil etilgan “Loliston” kichik sanoat zonasida “Plastik Univers” MChJ tomonidan qiymati 1 milliard 300 million so‘m bo‘lgan polietilen xaltachalar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi. –  Sellofan xaltachalardan foydalanish odatga aylanib ulgurdi, – deydi tadbirkor Sherzod Tursunov. – Tabiiyki, ushbu mahsulotga talab ham katta. Biz tadbirkorlik qilish istagida doimiy xaridorgir bo‘lgan sellofan paketlarni ishlab chiqarishni reja qilgan edik. Ammo korxona barpo etish uchun yer, kommunikatsiya bilan bog‘liq masalalar muammo edi. “Loliston” kichik sanoat zonasi tashkil etilayotganini eshitib, shu yerdan yer oldik. Ishlab chiqarish uchun bu yerda barcha qulayliklar mavjud. M... »