Tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shahrisabz tumanidagi xalq qabulxonasi, tuman hokimi hamda sektorlar rahbarlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Unda fuqarolarning tibbiy yordam, yo‘l, suv, elektr-energiya, uy-joy ta’miri bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi.
Muammolarni qonun doirasida hal qilish uchun ko‘rsatmalar berilib, qat’iy muddatlar belgilandi.