Dolzarb qirq kunlik — g‘o‘za parvarishi uchun muhim palla
Bugun erta tongdan Shahrisabz tuman hokimi Samad Hasanov «Guliston» hududida 2024-yil paxta hosili uchun g‘o‘za parvarishida amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar bo‘yicha fermerlar bilan amaliy seminar o‘tkazdi.
Unda sug‘orilishga ehtiyoji bor maydonlarni zudlik bilan sharbat bilan sug‘orishni yakunlash, rivojdan orqada qolgan, qoloq paxta maydonlarida kechiktirib bo‘lmaydigan alohida qo‘shimcha agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, hudud bo‘yicha barcha paxta dalalariga ko‘sak qurti va beda qandalasiga qarshi zaruriy tadbirlarni amalga oshirish, chekanka tadbirini o‘tkazish, kultivatorlarni “baliq sirti” qilib o‘ragan holda kultivatsiya ishlarini keng ko‘lamda davom ettirish kabi muhim topshiriqlar berildi.
Shuningdek, g‘alladan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekin ekish sur’atini oshirish, dala chetlariga daraxt ekish, ariq va zovurlarni toza saqlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.