Bozorlar — el ma’murchiligining ko‘zgusi
Bozorlar — el ma’murchiligining ko‘zgusi
Ma’lumki, ertaga musulmon olamining muqaddas bayrami Qurbon hayiti Islom diniga e’tiqod qiluvchilar orasida keng nishonlanadi.
Ushbu bayram har yili mamlakatimizda ham ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tadi.
Ushbu kunda kishilar o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibat rishtalari mustahkamlanadi. Otaxonu-onaxonlarimiz duoga qo‘l ochib, ushbu dorilomon kunlarga shukrona aytishadi.
Bugun tuman hokimi Samad Hasanov ham «Chorshanbe» oziq-ovqat dehqon bozorida bo‘lib, Qurbon hayitini munosib o‘tkazish, narxlarni sun’iy oshirmaslik, bozor va uning atrofida obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, tartibni saqlash yuzasidan mutasaddilarga o‘z ko‘rsatmalarini berib o‘tdi.
Shuningdek, tuman hokimi bozorda Shahrisabz tuman iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tashabbusi bilan tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi yarmarkasi bilan tanishdi.