Tog‘ oralab ravon yo‘llar barpo etilmoqda
Tog‘ oralab ravon yo‘llar barpo etilmoqda
Darhaqiqat, sifatsiz yo‘lda yo‘lovchilar mashaqqat chekib yuradi.
Shahrisabz tumanining tog‘li yo‘llari ham tosh-tuproq yo‘llardan iborat edi. Bu esa tog‘liklarda qishda, yog‘ingarchilik oylarida noqulaylik tug‘dirar, yozda ko‘tarilgan changdan atrofni ko‘rish mushkul edi.
Mamlakatimiz Prezidentining Shahrisabz tumaniga, xususan, olis tog‘li qishloqlarga qaratgan e’tibori natijasida hududda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, shu orqali qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, eng avvalo inson qadrini ulug‘lashdek ezgu ishlar boshlab yuborildi.
Xisorak-G‘elon, Xisorak-Sarchashma yo‘llarida asfalt qoplamalari yotqizilib, tog‘lik aholiga cheksiz g‘amko‘rlik ko‘rsatildi. Bu bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.
Ayni paytda Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 4K-285 «Miraki-Xisorak» avtomobil yo‘lining 0-14 kilometr oraliq qismida asfalt yotqizish hamda beton to‘siqlar quyish ishlari olib borilmoqda.